O‘nta jarimani to‘lamay yurgan Lasetti haydovchisi bir kunda «o‘ziga keldi»
Majburiy ijro byurosining Yozyovon tumani bo‘limi tomonidan IIB Yo‘l harakati xafvsizligi bo‘linmalarining tegishli qarorlariga asosan qarzdor D.Mamadaliyevdan davlat foydasiga jami 3 mln. so‘m ma’muriy jarimalar undirish haqidagi 10 ta ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorga ixtiyoriy muddatlar berilgan bo‘lsada, qarzdor qarzini qoplash chorasini ko‘rmagan.
Byuro tomonidan IIB YHXB xodimlari bilan hamkorligida olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida kecha, 24 mart kuni qarzdorga tegishli bo‘lgan Lasetti avtomashinasi jarima maydoniga olib kirildi.
Ushbu kuniyoq qarzdor M.D. tomonidan 3.000.000 so‘m ma’muriy jarimalar hamda 150.000 so‘m ijro yig‘imi hamda 2.400.000 so‘m qo‘shimcha jarimani to‘ladi va ijro hujjatlari tamomlanib, avtomashina egasiga qaytarildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter