Oltiariq tumani markaziy shifoxonasi hovlisidagi mushtlashuv salbiy oqibat keltirib chiqardi
2019-yil 10-iyul kuni soat 06:00larda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi 21 yoshli J.M. tuman markaziy shifoxonasi hovlisida o‘zaro janjal sabab Poloson MFY Buloqboshi ko‘chasida yashovchi 29 yoshli I.A.ning yuziga qo‘li bilan urgan vaqtida u boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olingan jarohat natijada I.A. kasalxonaga yotqizilib, J.M. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter