Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan:

Nurali Javliyev (1981 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi lavozimida ishlagan),

Nodirjon Xadjimatov (1983 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, Farg‘ona viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimida ishlagan),

Sharofiddin Boliyev (1982 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimida ishlagan),

Durdonaxon Abdukaxarova (1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan),

Abatbay Ayapov (1984 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan),

Elbekjon Turgunboyev (1983 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan),

Lutfulla Mamarajabov (1980 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan),

Zoir Rustamov (1981 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, Surxondaryo viloyatining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan),

Feruz Rajabov (1983 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, Buxoro viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan) o‘n yillik muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarori bilan Xamrayev Alisher Shonazarovich va Ziganshina Guzal Ravilevna  besh yil muddatga o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zolari – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalari etib saylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring