Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sud yangi taklif bilan chiqdi

Oliy sud yangi taklif bilan chiqdi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy sud ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan shikoyat berish muddatini 10 kunga qisqartishni taklif etmoqda.

Oliy sud tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida qonun loyihasi e’lon qilindi.

Loyihada Kodeksning 324 prim 3-moddasi birinchi qismidagi «yigirma sutka» degan so‘zlar «o‘n sutka» degan so‘zlar bilan almashtirish taklif etilmoqda.

Amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 324 prim 3-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan apellyasiya shikoyati (protesti) qaror o‘qib eshittirilgan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, o‘ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs va jabrlanuvchi tomonidan esa, qarorning ko‘chirma nusxalari ularga topshirilgan yoki ular tomonidan ushbu ko‘chirma nusxalar olingan kundan e’tiboran xuddi shu muddatda berilishi mumkin.

Loyiha muallifi nima uchun muddat qisqartirilayotganini «Sud qarorlari ustidan apellyasiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi joriy etilayotgani sababli, apellyasiya shikoyati (protesti)ni berish muddati qisqartirilmoqda», deya izohlagan.

Qonun loyihasining muhokamasi 27 oktyabrga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring