Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 3-bandi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq Shuhrat Muhammadovich Mahmudov, Rustam Rahmonovich Haydarov va Jamol Jahonovich Choriyev o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Avvalroq, Senat majlisida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jev hisoboti tinglangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter