Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimjon Haydarovning ishi sudga oshirildi

Olimjon Haydarovning ishi sudga oshirildi

Foto: Olimjon Haydarovning hibsga olingan vaqti. Ijtimoiy tarmoqlardan olingan surat.

10 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati huquq-tartibot idoralari bloger Olimjon Haydarovga nisbatan tergovni yakunlab, 13 oktyabr kuni ishni Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudiga o‘tkazdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov «Gazeta.uz»ga ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, 10 oktyabr kuni tergov organi Haydarovga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi (ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish), 139-moddasi 3-qismi «a» bandi (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish), 140-moddasi 3-qismi «a» bandi (jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish), 165-moddasi 2-qismi «a» «b» bandlari (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, ko‘p miqdorda tovlamachilik qilish) bilan ayb e’lon qilingan. Unga 10 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Sud muhokamasi sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, bloger Olimjon Haydarov joriy yilning 29 iyul kuni huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring