O‘g‘ri o‘zi ekan

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1-iyul kuni Sherobod tumani «Mehnatobod» mahallasida yashovchi Sh.A. tuman Ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Uning ma’lum qilishicha, 29-iyunga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uyining eshigi ochiqligidan foydalanib ichkariga kirgan va xonadagi javondan 2 million 3 yuz ming so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.
Sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyati yuzasidan 4-iyul kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilgan. Natijada mazkur jinoyatni ariza muallifining o‘zi sodir etganligi aniqlangan. Ashyoviy dalillar olingan.
4-iyul kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ariza muallifi Sh.A.ga nisbatan ayblov e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter