O‘g‘ri ochiq qoldirilgan mashinani tunab ketdi

2021-yil 25-yanvar kuni Namangan shahrida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qildi. Unga ko‘ra shu kuni soat 12:30 dan soat 13:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘ziga tegishli bo‘lgan VAZ-2106 rusumli avtomashinasi Namangan shahrida joylashgan jome masjidi oldiga orqa chap tomon eshigini ochiq qoldirganligidan foydalangan noma’lum shaxs, avtomashina bardachogida bo‘lgan narxi 700.000 so‘mlik telefon apparatini va narxi 500.000 so‘mlik 2 dona ovoz kuchaytirgichlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar Davlatobod tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021-yil 25-yanvar kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter