Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Og‘ir jinoyatlar eng ko‘p sodir etilgan hududlar sanaldi

Og‘ir jinoyatlar eng ko‘p sodir etilgan hududlar sanaldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda mamlakatimiz bo‘yicha kriminogen vaziyat murakkab bo‘lgan, «qizil» toifaga kiritilgan mahallalar eng ko‘p Toshkent shahri, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro  va Namangan viloyatlariga to‘g‘ri kelgani ko‘rsatib o‘tildi.

O‘tgan olti oyda mahalladagi o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyatlar Farg‘ona, Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo viloyatlarida eng ko‘p sodir etilgan.

Farg‘ona shahrida o‘g‘rilik, Namangan shahrida bezorilik, Qo‘qon shahrida tan jarohati, Samarqand shahrida nomusga tegish va tovlamachilik, Mirobod tumanida qotillik ko‘p yuz bergan.

Avvalroq davlat rahbari huquq-tartibot idoralarida ishlashga nomunosib bo‘lgan rahbarlar borligini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring