Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nukus ishi»: 3 nafar xodim qamoqqa olindi

«Nukus ishi»: 3 nafar xodim qamoqqa olindi

2022 yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblangan 22 nafar shaxsga nisbatan sudning 2023 yil 31 yanvar kuni chiqarilgan hukmi e’lon qilingandi.

Shuningdek, 18 va 21 nafar shaxsga (barchasiga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan) nisbatan Jinoyat kodeksining 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) va boshqa tegishli moddalari bilan bo‘lgan 2 ta jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan 2023 yil 17 yanvar kuni mazmunan ko‘rish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga yuborilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishlari sud tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari tergovi doirasida 3 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Tergov natijasi bo‘yicha jinoyat ishlarining sudga yuborilishi ta’minlanadi, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring