Nig‘matilla Yo‘ldoshev turkiyalik hamkasbi bilan uchrashdi
Bosh prokuraturada O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Turkiya Respublikasi Oliy kassatsiyasi Bosh prokurori Bekir Shaxin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Bosh prokuratura va Turkiya Oliy kassatsiya sudi Bosh prokuraturasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjat prokuratura organlari faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan ilg‘or tajriba almashish orqali ikki tomonlama sheriklikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida Bekir Shaxin idoralararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun «O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
So‘ngra, Turkiya delegatsiyasi a’zolari uchun Bosh prokuratura muzeyiga ekskursiya tashkil qilindi.
Keyingi manzil Bosh prokuratura Akademiyasi bo‘lib, delegatsiya a’zolari Akademiyaning faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter