Navoiyda yana bir notariusning litsenziyasi to‘xtatib qo‘yildi
«Notariat to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Navoiy viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2020-yil 30-iyundagi buyrug‘i bilan Xatirchi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Oydinov Ma’rufjon Ergashovichning litsenziyasi xizmat tekshiruvi o‘tkazish davrida 10 kun muddatga to‘xtatildi.
Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar Toshkent shahri va namanganlik xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning faoliyati to‘xtatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter