Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nariman Grigoryanning qotili 18 yilga «kesildi»

Nariman Grigoryanning qotili 18 yilga «kesildi»

Shu yilning 14-yanvarga o‘tar kechasi Toshkentda taniqli dizayner va xoreograf Nariman Grigoryan (Nariman Alimdjanov) o‘ldirib ketilgandi.

Fojiadan ikki kun o‘tib, Bosh prokuratura matbuot xizmati dizaynerning qotili aniqlanib, unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilganini ma’lum qilganidan so‘ng shov-shuvlar biroz tinib, jamoatchilik sud hukmini kutayotgandi.

Nihoyat , o‘sha kun keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi hukmiga ko‘ra, B. Burkitbayev (1996-yilda tug‘ilgan) dizaynerni o‘ldirganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Nariman Grigoryan — taniqli dizayner, «Nariman Grigoryan» brendi asoschisi edi. U raqs san’ati bo‘yicha xalqaro musobaqalar hakamlar hay’atining o‘zbekistonlik yagona a’zosi sifatida ham tilga tushgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring