Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda «ulush» istagan hisobchi va bosh shifokor ushlandi

Namanganda «ulush» istagan hisobchi va bosh shifokor ushlandi

Ular Chust tumanida tadbirkordan 10 foiz ulush talab qilgani aytilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman Tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi B.S. «Ch.O.» MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan tibbiyot birlashmasiga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish uchun o‘tkazib berilgan 1,3 mlrd so‘m evaziga MChJ ish boshqaruvchi M.M.dan ushbu mablag‘larning 10 foizi miqdorida «ulush» talab qilib, shundan 2 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, birlashma bosh shifokori S.K. bosh hisobchidan 2 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring