Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murod Xonto‘rayevni pichoqlagan niqobli kishilarning maqsadi aniqlandi

Murod Xonto‘rayevni pichoqlagan niqobli kishilarning maqsadi aniqlandi

Foto: «Worldnews»

2018-yilning noyabr oyida noma’lum shaxslar o‘zbekistonlik MMA kurashchisi Murod Xonto‘rayevga hujum qilganlari ma’lum qilingan edi.

Buning oqibatida sportchi shifoxonaga yotqizilgan. Aniqlanishicha, hujum qilgan 7 jinoyatchining 6 nafari avval sudlangan bo‘lgan va ularning barchasi qo‘lga olingan. Niqobli kimsalar tomonidan amalga oshirilgan hujumga sabab sportchi ularning tanishi Furqat Teshaboyevni AURUM 898 klubi yonida do‘pposlagani bo‘lgan.

Ular o‘z hujumlarini bir necha kun davomida rejalashtirganlar, Chorsu bozoridan qora niqob va maxsus kiyimlar sotib olishgan. Ularning qo‘llarida esa temir trubalar, pichoq hamda pnevmatik pistolet ham bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring