Mol va qo‘y o‘g‘risi yosh yigit bo‘lib chiqdi
Joriy yil 6-iyun kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1978-yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilgan. Unda noma’lum shaxs shu kunga o‘tar kechasi dala maydonidan umumiy narxi 7.000.000 so‘mlik 4 bosh qo‘y va narxi 4.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter