Sirdaryoda Milliy Gvardiya xodimi qo‘lga tushdi
Milliy Gvardiyaning Sirdaryo viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi bosh inspektori Boyovut tumanida yashovchi fuqaroni Qo‘riqlash boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilib, muqaddam 1500 AQSh dollari oladi.
Lekin, u so‘ralgan pulning qolgan 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Guliston harbiy prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter