Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiya munosabat bildirdi

Milliy gvardiya munosabat bildirdi

Foto: «Xabar.uz»

Kuni kecha ikki yarim yashar bolani urib o‘ldirgan Milliy gvardiya xodimi 19 yilga qamalgani haqida maqola berilgan edi. Milliy gvardiya axborot xizmati ushbu maqolaga munosabat bildirdi. Ushbu munosabatni hech qanday tahrirsiz, o‘z holicha e’lon qilamiz:

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ikki yarim yoshli bolani urib, o‘ldirgan Milliy gvardiya xodimi 19 yilga kesildi” sarlavhasi bilan tarqatilgan ma’lumot bo‘yicha MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotda bayon qilinishicha, sodir etilgan holat yuzasidan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi ikki yarim yoshli bolani o‘rib, o‘ldirganligi va u Toshkent shahar Jinoyat ishlari sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirish) va mazkur moddaning j-bandi hamda 110-moddasi 2-qismi (qiynash) a va v-bandlari bo‘yicha aybli deb topilib, 19 yil muddatga ozodlikdan maxrum qilingan.

Ta’kidlash joizki, 2020 yilning 1-fevral kunida ushbu jinoyatni sodir etgan sobiq Qo‘riqlash xizmati safdor xodimi B.Axmedov 2012 yil mart oyidan Qurolli kuchlar safida xizmat qilib kelgan va 2019 yilda Qo‘riqlash xizmati Milliy gvardiya tasarrufiga o‘tkazilishi munosabati bilan u o‘z xizmatini shu tizimda davom ettirgan.

Sobiq Qo‘riqlash xodimining oila turmush doirasidagi jinoyatga qo‘l urganligini aslo oqlab bo‘lmaydi, joriy yilning may oyining 27 kuni (bundan ikki yarim oy oldin) unga nisbatan Toshkent shahar Jinoyat ishlari sudi tomonidan qilmishiga yarasha adolatli hukm tayinlanganligi ham qonunlarimiz usuvorligidan dalolatdir.

Mamlakatimizda barcha jabhalarda kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Mazkur islohotlar doirasida tizim tomonidan ham shaxsiy tarkib o‘rtasida salbiy illatlarga moyilligi bor harbiy xizmatchi va xodimlarni barvaqt aniqlash, tizimda sog‘lom muhitni yaratish va kadrlar salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Zeroki, bosh maqsadimiz va vazifamiz – xalq manfaatlariga xizmat qilishdir!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring