Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Millatlararo nizo sifatida ko‘rsatishga urinmoqdalar» – IIV rasmiy bayonot berdi

«Millatlararo nizo sifatida ko‘rsatishga urinmoqdalar» – IIV rasmiy bayonot berdi

Shu yilning 12 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi ikki nafar fuqaro o‘rtasida janjal chiqqanligi haqidagi video tarqaldi.

Holat bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan zudlik bilan qonuniy choralar ko‘rilib, bu haqda jamoatchilik xabardor etilgan.

«Biroq, hozirda shunday vaziyat kuzatilmoqdaki, ayrim shaxslar va ijtimoiy tarmoq faollari mazkur maishiy ziddiyatni millatlararo nizo sifatida ko‘rsatishga urinmoqdalar», deyiladi IIV bayonotida.

Qayd etilishicha, ushbu maishiy nizo ayrim destruktiv kayfiyatdagi fuqarolar va ijtimoiy tarmoqlar faollari tomonidan xuddiki millatchilik asosiga egadek ko‘rsatib tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasining «Jamoat nazorati to‘g‘risida»gi Qonuni talablarining bevosita buzilishi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy qarashlari va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga ega.

Fuqarolar o‘rtasida yuzaga kelgan nizolar faqat huquqiy tartibda hal etiladi.

IIV milliy, irqiy, etnik yohud diniy masalalarda adovatni qo‘zg‘atuvchi axborotlarni tarqatish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring