MIB Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i ishdan ketdi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Jalilov ishdan ketdi. Uning o‘rniga Otabek Salmanov tayinlandi.
Mazkur ma’lumotni «Xabar.uz»ga MIB markaziy apparati matbuot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov tasdiqladi.
O.Salmanov 1982-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U ish faoliyatini 2009-yilda Sud ijrochilari Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar bo‘limi sud ijrochisi vazifasidan boshlagan.
Mazkur tayinlovga qadar O.Salmanov Byuroning Farg‘ona tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter