Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MFY raisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

MFY raisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Namangan viloyati, Chust tumanida tadbirkorning 118 mln so‘mini qo‘lga kiritgan MFY raisi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi «Yu.» MFY raisi B.S. «G.B.» MChJ rahbari G‘.ning «Sog‘lomlashtirish va sport markazi» qurish niyatida yurganini bilib, unga qurilish ishlari uchun 475 mln so‘m subsidiya mablag‘ini olib berishini aytib, go‘yoki «G.B.»MChJni subsidiya oluvchi tadbirkorlik sub’yektlari ro‘yxatiga kiritilganligi haqida soxta ma’lumot kiritilgan hujjatni taqdim etish orqali ishonchiga kirib, tadbirkor G‘.ning 118 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring