«Prezident Chust tumanida yuz bergan holatdan qattiq tashvishda» — Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Chust tumanida yuz bergan bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq noxush holatdan qattiq tashvishda, ular tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi, deb xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, davlat rahbari bu boradagi vaziyat to‘g‘risida axborotni muntazam olib bormoqda. Viloyat hokimi va mas’ullarga masalani alohida nazoratga olish, sabablarini aniqlash va tegishli takliflar kiritish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha tumandagi ayrim bog‘chalarning yuz nafarga yaqin tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan va ular shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter