Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mayning qurilmalari o‘rnatilgan xonadon aniqlandi

Mayning qurilmalari o‘rnatilgan xonadon aniqlandi

Toshkent tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan xonadon aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Toshkent tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Iqbol» MFYda yashovchi I.U. o‘z uyida 8 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini va boshqa elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 342 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring