Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endilikda uy-joy sotib olishda to‘lovni quruvchiga emas, bankka to‘lash tizimi joriy qilinadi

Endilikda uy-joy sotib olishda to‘lovni quruvchiga emas, bankka to‘lash tizimi joriy qilinadi

Endilikda developerlar o‘zlari qurayotgan uylar sotuvini tashkil qilish bo‘yicha banklar bilan shartnoma tuzadi. Bu uylarni sotib olmoqchi bo‘lgan odamlar esa pulini quruvchiga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankka topshiradi.

Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, banklar xaridorlardan yig‘ilgan pulni quruvchiga resurs sifatida beradi. Ya’ni, banklar quruvchi va xaridor o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tab, uy-joyni o‘z vaqtida va sifatli qurib, egasiga topshirilishiga kafil bo‘ladi.

Yangi tizim Samarqand shahri, Yangihayot va Sergeli tumanlarida bir yil davomida tajribadan o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek, hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlarida  Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish, loyihalarni ko‘rib chiqish muddatlari optimallashtiriladi. Yil yakuniga qadar 16 qavatdan yuqori bo‘lgan binolar qurish bo‘yicha Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshida alohida Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring