Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mayning bilan shug‘ullangan 29 kishi ushlandi — Bosh prokuratura

Mayning bilan shug‘ullangan 29 kishi ushlandi — Bosh prokuratura

O‘zbekistonda noqonuniy mayning faoliyati yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida 26 ta holatda 58,2 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan 29 mln kVtli yoki 145 mingta xonadonning bir oylik iste’mol ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasini o‘g‘irlash orqali mayning faoliyatini amalga oshirishganligi aniqlanib, 29 nafar shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) tegishli qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ushbu  shaxslar  protsessual tartibda ushlangan.

«Mayning faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib energiya resurslarini juda ko‘p miqdorda talon - toroj qilish Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zatilishiga hamda sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazo tayinlanishi mumkin.

Mazkur yo‘nalishda nazorat tadbirlari davom etmoqda», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring