Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Majburiy ko‘chirish haqidagi sud qarori bekor qilindi - Ombudsman

Majburiy ko‘chirish haqidagi sud qarori bekor qilindi - Ombudsman

Toshkentlik Olga Abdullayeva oilasining o‘z uyidan majburiy ko‘chirish belgilangan sud qarori bekor qilindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) matbuot xizmati ma’lum qildi.

Gap shundaki, bir tadbirkor Olga Abdullayeva istiqomat qiladigan hududdan yer maydoni sotib oladi. Bu haqda hokim qarori chiqarilgach,  tadbirkor o‘sha hududda yashovchi oilalarga konpensatsiya yoki boshqa uy-joy taklif qiladi. Biroq O. Abdullayeva taklifga rozilik bermaganidan so‘ng tadbirkor tuman fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga uning oila a’zolarini majburiy ko‘chirishni so‘rab murojaat qiladi. Shu tariqa nizo tadbirkor foydasiga hal bo‘ladi, sudning mazkur qarori yuqori instansiyalarda ham o‘zgarishsiz qoldiriladi.

Olga Abdullayevaning murojaati Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakiliga (Ombudsman) jiddiy o‘rganilgach, quyi sud qarorlarini bekor qilish haqida Oliy sud raisi nomiga xulosa kiritildi.

Joriy yilning 29-dekabr kuni Oliy sud Rayosatida nizo yuzasidan chiqarilgan sud qarorlari qionuniyligi o‘rganilib, nizoli yerga berilgan kadastr hujjatlaridagi nomutanosibliklar aniqlanadi. Natijada quyi sudlar qarorlarini bekor qilish,  nizoni birinchi bosqich sudida qaytadan ko‘rib chiqish  lozimligi haqida to‘xtamga kelinadi.

Shu tariqa nizo bo‘yicha chiqarilgan barcha sud hujjatlari bekor qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) keyingi sud jarayonlarini kuzatib boradi, deyiladi axborotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring