Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolani urgan pedagog ustidan tekshiruv boshlandi

Bolani urgan pedagog ustidan tekshiruv boshlandi

Illyustrativ foto.

Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan «Logo bilim» ta’lim markazida, pedagog 2019-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi M.B ni urgan holda olib borayotgan mashg‘uloti videosi tarqaldi.

Holat yuzasidan Bolalar ombudsmaniga bolaning onasi X.D.ning murojaati kelib tushdi. 

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi va u yuzasidan tuman IIB tomonidan bugun 5-dekabr kuni tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi.

O‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan bolaga nisbatan bunday pedagogika zid harakatlarga yo‘l qo‘ygan mutaxassis hozirda ishdan bo‘shatilgan bo‘lib, uning harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda, deyiladi Bolalar ombdusmani xabarida.

Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring