Mehnatga jalb qilingan mahkumlarning ish stajiga oid yangi tartib ishlab chiqilmoqda
Bugun, 2-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida qamoqxonalarda saqlanayotgan mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan yangi tartiblarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu hujjat jazoni o‘tash sharoitlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, mehnatga jalb etilgan mahkumlarning koloniyalardagi ish stajini umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash tartibini joriy etish hamda mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tganligini belgilovchi qat’iy mezonlarni belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
O‘z navbatida amaliyotgan tatbiq qilinishi aytilayotgan mazkur tartib doirasida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi, Soliq kodeksi hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Shu bilan birga, mahkumlarga rag‘batlantirish, muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish choralarini ko‘rish uchun asos bo‘ladigan mahkumning tuzalish yo‘liga o‘tganligini baholovchi aniq mezonlar belgilanadi.
Deputatlar qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter