Yunusobodda kommunal to‘lovlar uchun aholidan yig‘ilgan mablag‘lar o‘zlashtirib yuborildi
![Yunusobodda kommunal to‘lovlar uchun aholidan yig‘ilgan mablag‘lar o‘zlashtirib yuborildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/7/720_460_95_3781377245.jpg)
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «B.Q.» XUJMSh rahbari va boshqalar oldindan til biriktirib, 2020 yil va joriy yilning fevral oyiga qadar uy-joy mulkdorlaridan badal to‘lovi, issiq suv va issiqlik energiyasi ta’minoti hamda avtoturargoh uchun undirilgan 288,3 mln so‘mni bank muassasasiga topshirmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter