«Lexus»ni xatlash jarayonida qarzdorlik to‘landi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor E.K.dan Quva tuman davlat soliq inspeksiyasi davlat muassasasi foydasiga qarz undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramay ijro hujjati talablarini bajarmagan.
Byuroning Quva tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli avtotransport vositasi xatlanish jarayonida qarzdorlik, ijro yig‘imi va davlat boji to‘liq undirilgan.
Ijro hujjati «Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning tegishli moddalariga asosan amalda tamomlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter