Kottej va’da qilganlar firibgar bo‘lib chiqdi
Toshkent shahrida fuqarolarga kottej qurib berishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi.
Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan F.M. va boshqalar «Ar.» hamda «V.C.» MChJni tashkil qilishadi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ular 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, Sergeli, Yunusobod, Yashnobod va Olmazor tumanlarida yer maydonlarini go‘yoki ushbu MChJlarga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonlariga 1,2 va 2 sotixli kottej qurib berishi haqida yolg‘on va’dalar berib, ularning har biridan boshlang‘ich to‘lov sifatida 125 mln so‘mdan jami 500 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganliklari, shuningdek fuqaro F.M. ushbu pullarni o‘zi va boshqalarning nomidan xorijiy valyuta birjasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaning hisob-raqamiga o‘tkazib berganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter