Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kosonsoyda yer uchun katta miqdorda pul talab qilgan firibgar ushlandi

Kosonsoyda yer uchun katta miqdorda pul talab qilgan firibgar ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati rahbari xabar bermoqda.

Tezkor tadbirda fuqaro O.R.boshqa fuqaroni ishonchiga kirib, Kosonsoy tumani, Yoshlik massividagi 0.50 ga. yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ishlab chiqarishda foydalanish uchun ajratib berish hamda kelgusida bino inshootlar qurishda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 20 000 AQSh dollari talab qilib, shundan, 15.000 AQSh dollari va 48 mln. so‘mni firibgarlik yo‘li bilan  olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring