Korxona rahbari bank xodimlari bilan til biriktirdi

Termiz shahrida fuqarolarning nomiga 379 mln so‘m kredit rasmiylashtirib o‘zlashtirgan korxona rahbari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan AT «Xalq bank»ning Surxondaryo viloyati filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «J.S.» xususiy korxonasi rahbari A.A. bankning Termiz filiali xodimlari bilan til biriktirib, xususiy korxonada aslida ishlamagan fuqarolar nomiga soxta kredit hujjatlari yig‘ma jildini tayyorlashib, 16 nafar fuqaroning nomiga ularning xabardorligisiz jami 379 mln so‘m iste’mol krediti ajratishga erishib, ushbu kredit mablag‘ini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter