Ko‘mir o‘g‘rilari qo‘lga tushdi
2020-yil 26-sentyabr kuni soat 03:00 larda Angren bekatida XTB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent viloyati Qurama MFYda yashovchi 30 yoshli D.J. boshqaruvidagi KIA rusumli avtomashinada taxminan 500-600 kg ko‘mir mahsulotini ortayotgan vaqtida ushlangan. Surishtiruv jarayonida ushbu ko‘mir mahsuloti 25 sentyabr kuni Angren-Havas yo‘nalishi bo‘yicha Angren temir yo‘l bekatidan harakatlangan usti yarim ochiq yuk vagonlaridan tushirilganligi aniqlangan.
Shuningdek, 2020-yil 29-sentyabr kuni soat 00:30 larda Andijon viloyati IIB Transportda XTB xodimlari tomonidan Asaka temir yo‘l bekatida 4801-sonli yuk poyezdi tarkibida bo‘lgan 65880452-sonli ko‘mir ortilgan vagondan Asaka tumani Navkan MFYda yashovchi 34 yoshli R.b. jami og‘irligi 186 kg ko‘mir mahsulotini 4 dona polietilen qoplarga solib, yashash xonadoniga olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Bundan tashqari, joriy yilning 1-oktyabr kuni soat 06:30 larda «Angren-Havas» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan elektrovoz, tarkibida 55 ta usti yarim ochiq vagonlarda ko‘mir mahsuloti bo‘lgan poyezd vagonidan noma’lum shaxslar tomonidan ko‘mir mahsulotlari tushirilganligi aniqlangan. O‘tkazilgan tezkor surishtiruv natijasida, Angren shahar G‘.G‘ulom MFYda yashovchi 25 yoshli R.I. ko‘mir olish maqsadida «Angren-Obliq» temir yo‘l bekatlarining 111 km.dan vagon ustiga chiqib taxminan 250-300 kg ko‘mir mahsulotini tushirganligi aniqlandi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter