Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kogondon»dan kamomad chiqdi: 77 ming 900 kg bug‘doy yo‘q!

«Kogondon»dan kamomad chiqdi: 77 ming 900 kg bug‘doy yo‘q!

Foto: «Xabar.uz»

Buxoroda pandemiya sharoitida ajratilgan fond bo‘yicha un hamda non mahsulotlarining narx-navosini nazorat qilish bo‘yicha huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan reyd o‘tkazildi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiriga Bosh prokuraturasi huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Reyd davomida «Kogondonmahsulotlari» AJga qarashli Qorovulbozor tumani don qabul qilish maskani omborida 120 million 745 ming so‘m miqdorida, jami 77 ming 900 kg bug‘doy kamomadi holati aniqlangan.

Holat yuzasidan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring