Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kinematografiya agentligi bosh direktoriga jarima jazosi tayinlandi

Kinematografiya agentligi bosh direktoriga jarima jazosi tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 21-fevral kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud qarori e’lon qilindi.

Sud qaroriga ko‘ra F.Abduxoliqov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-8-moddasi (davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 4-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Ushbu qaror ustidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartib va muddatda apellyasiya shikoyati yoki protest berish mumkinligi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kinematografiya agentligi tomonidan qonun buzilishi holatlarini aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring