Ketmon bilan yer chopiladi!
2020-yil 4-noyabr kuni tungi soat 00:30 larda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida nohush hodisa yuz berdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Shu tumanda yashovchi 34 yoshli fuqaro yashash xonadonida 42 yoshli tanishi bilan o‘zaro janjallashib qoldi. Jahl chiqqanda aqli ketadi, deganlaridek, unga ketmon dastasi bilan hujum qildi.
Natijada 1978-yilda tug‘ilgan fuqaro og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020-yil 5-noyabr kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter