Suv talashish hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir jarohatga sabab bo‘ldi
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida 2021-yil 10-avgust kuni tuman IIBdan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 7-avgust kuni soat 18.00 larda tumanning «Gilambob» mahallasida yashovchi S.Xamid tumanning «Istiqlol» mahallasida yashovchi N.Husniddinning tomorqasida ekilgan ekinni sug‘orish uchun ochilgan suv masalasida o‘zaro janjallashib qolib, S.Xamid qo‘lida bo‘lgan ketmon bilan N.Husnidinning boshiga va yuziga urib, «hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir» tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
10-avgust kuni S.Xamidga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
S.Xamid biroz sabr qilib, N.Husniddinning tomorqasiga ekilgan ekinlarini sug‘orib olishini kutib turganida, o‘zaro bir-birlariga oqibatli bo‘lib, hurmat qilishganlarida o‘rtada o‘zaro tortishuv va janjal sodir etilishining oldi olinar edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter