Kelin qaynotasining 25 ming AQSh dollarini o‘g‘irladi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida o‘z qaynotasining yotog‘idan 25 ming AQSh dollarini o‘g‘irlagan kelin qo‘lga olindi, deb xabar berdi «Uznews».
2017-yilning dekabr oyida Toshkent tibbiyot institutidagi kafedralarning birida rahbar bo‘lib ishlovchi kishi uyidan uning yotog‘ida saqlangan 25 ming AQSh dollarini noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Tergov jarayonida mazkur pullarni jabrlanuvchining 26 yoshli kelini o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi. Ayni vaqtda kelin ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter