Kadastr xodimining kirdikorlari fosh bo‘ldi
Farg‘ona shahar Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi va Davlat kadastrlari palatasining Farg‘ona tumani filiali muhandisining kirdikorlari fosh bo‘ldi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «V.S.» MChJ tomonidan qurilayotgan 5 qavatli 117-uyning yuqori qavatlarini qurilishi tugallanmagan bo‘lsa-da, Farg‘ona shahar davlat xizmatlari markazining hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi S.R. MChJ ish yurituvchisi T.dan ushbu qurilishi tugallanmagan uyning 6 ta xonadoniga Davlat kadastrlari palatasining Farg‘ona tumani filiali muhandisi Q.A. yordamida 6 000 AQSh dollari evaziga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, shundan 1 600 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, yana 1 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda, Davlat kadastrlari palatasining Farg‘ona tumani filiali muhandisi Q.A. va boshqalar yuqoridagi 117-uyning 6 ta xonadoniga qurilishi bitgan ob’yekt sifatida soxta dalolatnomalar tuzishib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter