Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda internet orqali 14 million so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Jizzaxda internet orqali 14 million so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida joriy yilning 21-oktyabr kuni Jizzax shahar Sh.Rashidov ko‘chasida yashovchi M.A. (ismli ayol) IIBga murojaat qilgan. Unda shu yil 17-oktyabr kuni plastik kartochkasiga 14 mln. so‘m pul tushirganligi va ushbu pullarni noma’lum shaxs o‘g‘irlab olganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Arnasoy tumanida yashovchi Sh.P. elektron to‘lov tizimi orqali 14 mln. so‘mni ruxsatsiz boshqa bir tanishi M.M.ning plastik kartasiga o‘tkazganligi aniqlanib, Sh.P. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring