Jizzaxda ayolni farzandlari ko‘z o‘ngida zo‘rlaganlar qamoqqa olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Zomin tumanida ayol farzandlari ko‘z o‘ngida kaltaklanib zo‘rlangani haqida xabar tarqaldi. Holatga Jizzax viloyati IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Zomin tumani «Peshag‘or» QFYda yashovchi uy bekasi, 2 nafar farzandning onasi B.Z. tuman IIBga murojaat qilib, 2022-yilning 24-iyul kuni soat 02:45 larda o‘zining yashash uyiga tumanning «Yoshlik» mahallasida istiqomat qiluvchi D.A. hamda uning mahalladoshi A.A. yotoqxona derazasi orqali kirib, uni qo‘rqitib, yuzlariga bir necha marotaba urishgani, majburlab, zo‘rlab nomusiga tekkanligi sababli qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Holat yuzasidan Zomin tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan D.A. va A.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismi «v, g» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter