Jazoni ijro etish muassasalari IIVdan Adliya tizimiga o‘tadimi?
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali «Media hall»ida bo‘lib o‘tgan «Yangi O‘zbekiston — yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbirida Jazoni ijro etish muassasalari Ichki ishlar vazirligidan Adliya tizimiga o‘tkazish ehtimoliga oid gap-so‘zlarga oydinlik kiritildi. Adliya vaziri Ruslanbek Davletovga ko‘ra: «...Jazoni ijro etish muassasalari Ichki ishlar vazirligi tarkibida bo‘lgani ma’qul va buni to‘g‘ri deb hisoblayman. Bunday muassasalar bir vazirlikdan ikkinchisiga o‘tgani bilan tizim o‘zgarib qolmaydi. Bu masala umuman ko‘rib chiqilayotgani yo‘q».
Jazoni ijro etish muassasalarini IIV tarkibidan chiqarish borasida takliflar bo‘lgani bor gap. Ayni paytda sud qarorlari ijrosi uchta sub’yekt tomonidan amalga oshirib kelinmoqda: Ichki ishlar vazirligi, Majburiy ijro byurosi va moliya organlari. Ijro instituti yaxlit bo‘lishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydiganlar oz emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter