Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jasur Umirov koloniyadan ozod qilindi

Jasur Umirov koloniyadan ozod qilindi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Joriy yilning 8 iyun kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining kassatsiya instansiyasining ajrimiga asosan Umirov Jasur Ubaydullayevich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llagan holda, shuningdek jabrlanuvchi va uning qonuniy vakilining unga nisbatan da’vosi yo‘qligini inobatga olgan holda unga nisbatan chiqarilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirilgan.

2021 yil 9 iyun kuni yuqoridagilarga asoslanib, J.Umirov Jazoni ijro etish koloniyasidan ozod qilindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV JIED axborot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jasur Umirov Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring