«Irina Matviyenkoga yuborilgan tahdidli xabar o‘rganilmoqda» — IIV
O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi Irina Matviyenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida unga o‘lim bilan tahdid qilingani, shu sababli bir muddat mamlakatni tark etganini ma’lum qildi.
Ushbu holat bo‘yicha IIV munosabat bildirdi.
«Jamoat faoli Irina Matviyenkoning shaxsiy akkauntiga yuborilgan tahdidli xabar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘rganish natijalari bo‘yicha holatga huquqiy baho beriladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter