Interpol qidiruvidagi o‘zbekistonlik Nikaraguada ushlandi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari katta miqdorda firibgarlik sodir etgan jinoyatchini Managuadan Toshkentga olib kelishdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur tadbir quyidagi tashkilotlarning qo‘llab-quvvatlashlari va hamkorligi natijasidir: O‘zbekistonning TIV, AQShning Anqara, Panama, Meksikadagi bojxona va chegara xizmatlari, Rossiya IIVning Nikaraguadagi vakili, AQSh Davlat departamenti Diplomatik xavfsizlik xizmatining Toshkent, Istanbul, Managua, Panama, Meksikadagi xorijdagi jinoiy ishlarni tergov qilish bo‘limlari.
Masofa, vaqtdagi katta farq va bir qator sabablarni hisobga olib, jinoyatchini tranzit qilish va o‘tkazish bo‘yicha barcha tartiblar Bosh kotibiyatning Qo‘mondonlik va muvofiqlashtirish markazi va O‘zbekiston Respublikasida Interpolning milliy markaziy byurosi tomonidan muvofiqlashtirilgan.
Juda ko‘p mamlakatlarning xizmatlari jalb qilingani ajablanarli emas, chunki jinoyatchining izi uzoq Markaziy Amerikada yo‘qolgan. Gumonlanuvchi boshqa qit’ada yashirinib, yana jinoiy faoliyat – noqonuniy migratsiya, xorijiy fuqarolarni Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQShga o‘tkazish bilan shug‘ullangan.
Biroq barcha jalb qilingan xizmatlarni birlashtirish va hamkorlikdagi sa’y-harakatlar tufayli gumondor qo‘lga olindi, tezkorlik bilan ma’lumot almashish natijasida firibgarni sudga tortish va munosib jazo belgilash uchun O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilish va o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasida Interpolning milliy markaziy byurosi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter