Interpol Polshada ushlangan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi
Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi Polsha davlatidan tutib keltirilgan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi.
Xabarda aytilishicha, 2021-yilning avgust oyidan beri O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan zo‘rlashda ayblanib, qidiruvga berilgan M.N. Varshavadan Toshkentga ekstraditsiya qilindi.
Joriy yilning yanvar oyida jinoyatchi Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan bo‘lgan. Mart oyida esa polshalik hamkorlar tomonidan fuqaro M.N. ning Polsha hududiga kirganligi haqida xabar kelgan.
Shundan so‘ng Interpolning O‘zbekistondagi MMB xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxsni aniqlash va qo‘lga olish borasida sa’y-harakatlar boshlab yuborildi va yuborilgan protsessual hujjatlar bo‘yicha tezkor qidiruv tadbirlari amalga oshirildi, buning natijasida M.N. ushlandi.
Ekstraditsiya talabi qanoatlantirilgandan so‘ng, huquqbuzar munosib jazo olish uchun O‘zbekistonga qaytarildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter