Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«International Job Organization» agentligi rahbarlari ustidan sud hukmi e’lon qilindi

«International Job Organization» agentligi rahbarlari ustidan sud hukmi e’lon qilindi

2021-yil 23-mart kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida "International Job Organization" XBA rahbarlari va unga aloqador shaxslarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’lum qilishicha e’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, Sh.Abdurahmanovga (“International Job Organization” MChJ ta’sischisi va direktori) 9 yil 6 oy, B.Ochilovga (“Brand community” MChJ rahbari) 9 yil 6 oy, G.Dumanovaga (“International Job Organization” MChJ Andijon viloyati filiali menejeri) 6 yil 1 oy, G‘.Hasanovga (“International Job Organization” MChJ Xorazm viloyati filiali rahbari) 8 yil 1 oy, J.Pardayevga (“International Job Organization” MChJ Tayloq tumani filiali rahbari) 8 yil 1 oy, J.Tursunovga (“International Job Organization” MChJ Surxondaryo viloyati filiali rahbari) 8 yil 1 oy, X.Urazoliyevga (“International Job Organization” MChJ Jizzax shahar filiali rahbari) 8 yil 1 oy, A.Shukurovga (“International Job Organization” MChJ mintaqa kuratori) 8 yil 1 oy, D.Islomovaga (“International Job Organization” MChJ Namangan shahar filiali rahbari) 6 yil 1 oy, B.Po‘latovga (“International Job Organization” MChJ mintaqa kuratori) 9 yil 1 oy, A.Ahmadjonovga (“International Job Organization” MChJ o‘qituvchisi) 8 yil 6 oy, Sh.Nosirovga (“Yarkoe Budushee” MChJ rahbari) 8 yil, B.Jalolovga (“JB-WORLD COMPANY” MChJ rahbari) 9 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. A.Salmanovga (ishsiz) 2 yil muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Jinoyat oqibatida 2 368 nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan 17 063 069 928 so‘m moddiy zarar sudlanuvchilar Sh.Abduraxmanov, B.Ochilov, G.Dumanova, J.Pardayev, X.Urazoliyev, A.Axmadjanov, D.Islomova, G‘.Xasanov, J.Tursunov, A.Shukurov, B.Po‘latov va B.Jalolovdan solidar tartibda undirilishi belgilandi.

Jinoyat oqibatida 6 nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan 172 545 183 so‘m moddiy zarar sudlanuvchilar Sh.Nosirov va B.Jalolovdan solidar tartibda undirilishi belgilandi.

Sudlanuvchi B.Jalolovdan jabrlanuvchi S.Xamidovning foydasiga 26 264 800 so‘m va O.Qobilovning foydasiga 34 669 536 so‘m undirilishi belgilandi.

Jinoyat ishi yuzasidan xatlangan 1 104 778 352 so‘m pullar va 12 678 426 462 so‘mga baholangan mol-mulklar proporsional tartibda yetkazilgan moddiy zararni qoplashga qaratilishi hamda undirilishi lozim bo‘lgan zarar miqdoridan chegirilishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring