Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV Tergov departamenti jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

IIV Tergov departamenti jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

Ichki ishlar vazirligi Sergelidagi hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Joriy yilning 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahri, Sergeli tumani, Xonobod ko‘chasi 3-uy manzilida joylashgan «Inter Logistics» MChJga qarashli 18,4 gektar yer maydonda joylashgan omborxonada taxminan 10 000 kv. m. maydonda yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘inning zarba to‘lqini natijasida omborxona atrofida joylashgan bir nechta ko‘p qavatli uylarga, binolarga hamda transport vositalariga shikast yetgan hamda fuqarolar jarohatlangan.

Ayni vaqtda bir nafar 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan fuqaro olgan jarohati oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘lgan.

Jarohatlangan fuqarolarga tez-tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hodisa tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilgan.

Mazkur holat yuzasidan IIV Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «a» va «b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tegishli idoralarning mutaxassislaridan iborat tergov-tezkor guruhi tuzilgan bo‘lib, yong‘in kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tegishli ekspertizalar tayinlangan hamda kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.

Voqea tafsilotlari yuzasidan axborot berib boriladi, deyiladi IIV axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring