IIV kamerunliklar ustidan tergov boshladi
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Kamerun Respublikasi fuqarolari tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyati yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan ushbu gumondorlardan jabr ko‘rganlardan ichki ishlar bo‘limlariga yoki Tergov departamentiga murojaat qilish so‘ralgan.
«Hurmatli fuqarolar! Agar Siz fotosuratlarda keltirib o‘tilgan shaxslarning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, o‘zingizga yaqin bo‘lgan ichki ishlar bo‘limlariga yoki 102 telefon raqamiga, shuningdek Tergov departamentining (71) 231-30-97, (71) 231-36-22 va (71) 233-65-34 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz», deyiladi IIV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter